O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha “alohida xavotirga molik davlatlar” ro‘yxatidan chiqarildi
Jamiyat
−
29 aprel 2020
8219AQSH Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni tarixda ilk bor “alohida xavotirga molik davlat” deb hisoblamasdan Davlat departamentiga unga “maxsus kuzatuvdagi mamlakat” sifatida qarashni tavsiya qilmoqda.
USCIRF`ning ta’kidlashicha, 2019 yilda O‘zbekistonda diniy erkinlik sharoitlari ijobiy tomonga o‘zgargan. Komissiya O‘zbekistonni 2005-2019 yillar davomida “alohida xavotirga molik davlat” deb tavsiya qilishi uchun sabab bo‘lgan qator ko‘pyillik muammolar Hukumat tomonidan hal etishga kirishilganini qayd etgan. Shuningdek, hisobotida “Jasliq” qamoqxonasining yopilgani ham e’tirof etilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Hukumati AQSH va boshqa xalqaro hamkorlar bilan diniy erkinlik masalasida yaqindan hamkorlik qilayotgani ta’kidlab o‘tilgan.
Hisobotda Hukumat o‘tgan yili 1998 yilda qabul qilingan diniy faoliyatni cheklovchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha majburiyatini bajarmagani ta’kidlangan.
USCIRF o‘z o‘rganishlaridan kelib chiqib, AQSH Hukumatiga O‘zbekistonni “maxsus kuzatuvdagi mamlakat”lar ro‘yxatida qoldirish (bungacha “alohida xavotirga molik davlat”lar ro‘yxatida bo‘lgan); O‘zbekiston bilan 1998 yildagi din to‘g‘risidagi qonun ustida ishlash va uni halqaro me’yorlar hamda inson huquqlariga javob beradigan holatga keltirish kerakligini tavsiya qilgan.
LiveBarchasi