O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini (keyingi o‘rinlarda ‒ Filial deb ataladi) tashkil etish taklifi ma’qullanadi.

Filial uchun 400 o‘rinli o‘quv binosi, 2 ta konsert zali, (1 ta 400 o‘rinli, 1 ta 150 o‘rinli), 300 o‘rinli talabalar turar joyi hamda sport maydoni (keyingi o‘rinlarda bino va inoshootlar  deb ataladi) qurib beriladi.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

musiqa sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tarixiy va zamonaviy an’analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat ta’lim standarti bo‘yicha belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash;

tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim, ko‘nikma va malaka berish;

bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish;

yoshlarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iste’dodini yuzaga chiqarish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyat bilan ko‘proq shug‘ullanishga keng jalb etish;

talabalarning sohalar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ularda ijrochilik ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida tizimli ravishda xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuborish.


Maqola muallifi

Teglar

Konservatoriya

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing