O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi

Sport

image

Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko 2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ortda qolgan mavsumda farg‘onaliklar O‘zbekiston chempionatida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

“Sovringa loyiq ko‘rilganimdan mamnunman. Bu bizning jamoamiz murabbiylar shtabining yutug‘idir. Biz juda yaxshi mavsum o‘tkazdik. Keyingi mavsumda bu natijani yanada yaxshilashga harakat qilamiz. “Neftchi” muxlislarini sovrin bilan qutlayman”, deydi Levchenko.

Mazkur sovringa Levchenkodan tashqari “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix ham da’vogarlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar uchligi e’lon qilingandi. Shuningdek, “yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” bo‘lish uchun ham da’vogarlar ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Neftchi Vitaliy Levchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing