O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
17 Oktabr 2019
8277Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning 15 oktyabr kuni mamlakatdagi dehqon bozorlarida narx-navoni o‘ganish uchun o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Mol go‘shti
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (60 000) so‘mdan kuzatildi.
Kartoshka
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Eski jo‘va dehqon bozori”da (1 200 so‘mdan), maksimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (4 000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz
Piyoz mahsulotining minimal narxi Andijondagi “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzaxdagi “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshidagi “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqanddagi “Siyob dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Yangiyo‘ldagi “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Farg‘onadagi “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkentdagi “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 500 so‘m).
Sabzi
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”da (1 000 so‘mdan) qayd etildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 000 so‘mdan) kuzatildi.
Tuxum (10 dona)
Tuxum mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).
Guruch
Kuzatuv natijalariga asosan, guruch mahsulotlarining minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (4 500 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i
O‘simlik yog‘i mahsulotari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Jizzax shahridagi “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori”, Gulistondagi “Guliston dehqon bozori”, Urganchdagi “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (9 000 so‘mdan) kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”da (13 500 so‘mdan) kuzatildi.
Shakar
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, shakarning minimal narxi Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozori”da (5 000 so‘mdan) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (7 000 so‘mdan) kuzatildi.