Go‘shtdan-shakargacha. O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?
Jamiyat
−
04 Oktabr 2019
8071O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan respublika hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida shu yilning 2 oktyabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi.
Bunga ko‘ra, mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 ming so‘mdan 55 ming so‘mgacha (kilogramm)
Aniqlanishicha, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukusdagi "Nukus dehqon bozori", Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori", Urganch shahrining "Urganch markaziy dehqon bozori"da qayd etilgan (35 ming so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 ming so‘m).
Qo‘y go‘shti 35 ming so‘mdan 60 ming so‘mgacha (kilogramm)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (35 ming) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 ming) so‘mdan kuzatildi.
Kartoshka 1ming 200 so‘mdan 4 ming so‘mgacha (kilogramm)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1ming 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 ming so‘m) qayd etildi.
Piyoz 1 000 so‘mdan 3 ming so‘mgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» va Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahri «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 ming so‘m).
Sabzi 1 ming 500 so‘mdan 5 ming 500 so‘mgacha (kilogramm)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 ming 500) so‘mdan kuzatildi.
Tuxum 5 ming 500 so‘mdan 10 ming so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 ming 500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 ming so‘m).
Guruch 5 ming 500 so‘mdan 18 ming so‘mgacha (kilogramm)
Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (5 ming 500 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi 18 ming so‘m).
O‘simlik yog‘i 8 ming 500 so‘mdan 13 ming 500 so‘mgacha (1 litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (8 ming 500) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 ming ) so‘mdan kuzatildi.
Shakar 5 ming so‘mdan 6 ming 500 so‘mgacha (kilogramm)
Shakarning minimal narxi Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (5 ming) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq- ovqat bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da (6 ming 500) so‘mdan kuzatildi.
LiveBarchasi