O‘zbekiston boks jamoasining azaliy raqibi Toshkent mundialida qatnashadigan tarkibini e’lon qildi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 1-14 may kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa favoritlaridan biri hisoblangan Kuba jamoasi o‘z tarkibini e’lon qildi.

Jamoa tarkibida bir qator mashhur nomlarni uchratish mumkin. Jumladan, -92 kg vaznda Xulio Sesar La Krus mundial g‘olibligi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. U faoliyati davomida 5 marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, La Krus to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi hisoblanmish Olimpiada o‘yinlarinida ikki marta g‘olib bo‘lgan. 

Kuba jamoasi tarkibi:

48 kg - Alexandro Klaro;
51 kg - Erislan Romero;
54 kg - Yosbani Veytiya;
57 kg - Saydel Orta;
60 kg - Erislandis Alvares;
63,5 kg - Lasaro Alvares;
67 kg - Ronel Iglesias;
71 kg - Xorxe Kuelyar;
75 kg - Yoenlis Ernandes;
80 kg - Arlen Lopes;
86 kg - Nelson Uilyams;
92 kg - Xulio Sesar La Krus;
+ 92 kg - Fernando Arsola.

Ma’lumot uchun, Toshkent mundialining ochilish marosimi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bahslar 1 may sanasidan start oladi. Janglarga Toshkent shahridagi “Humo” arena majmuasi mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Xulio Sesar La Krus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing