O‘zbekiston boks jamoasi tarkibi aniq: Shahram va Hasanboy JCHda ishtirok etadi
Sport
−
11 Oktabr 2021
11035O‘zbekiston boks terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi aniq bo‘ldi. Joriy yilning 22 oktyabridan 7 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tadigan dunyo birinchiligida ham Marat Qurbonov qo‘l ostidagi terma jamoa to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, tarkibga Rio Olimpiadasi vitse chempioni, 2017 yil Germaniyada o‘tkazilgan Jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov ham jalb qilingan. Tokio Olimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov esa musobaqada ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rnini harbiylar o‘rtasida Jahon chempionati g‘olibi Lazizbek Mullajonov egalladi.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalakov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev va Madiyor Saidrahimov joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan so‘nggi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etgandi.
LiveBarchasi