O‘zbekiston Boks federatsiyasi IBA'ni tark etadimi?

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Boks federatsiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ni tark etishi haqida xabarlar tarqaldi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi “Sports.kz” nashriga bergan intervyusida bu mish-mishlarga javob berdi.

“Bunday masalalarni hal qilish men uchun emas, men jamoa bosh murabbiyiman. Buni federatsiyamiz hal qiladi. Bu masalada hech narsa deya olmayman. Men bokschilarni shug‘ullantiraman. Rahbariyatimiz qaysi musobaqa uchun tayyorlan desa, shunday qilaman”, degan To‘lqin Qilichev o‘z intervyusida.

Ma’lumot uchun, IBA tashkilotiga alternativ sifatida tashkil qilingan World Boxing tashkilotiga a’zolar soni 42 taga yetdi. XOQ tomonidan tan olinishi uchun esa tashkilot a’zolar soni uch mintaqadan kamida 50 ta davlatdan oshishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Parijdagi “Roland Garros” arenasida Hasanboy Do‘smatovning Olimpiada chempionligi nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchragani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IBA Boks federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made