O‘zbekiston BMTga qamoqxonalarda qiynoqlar qo‘llanilmasligiga kafolat berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston rasmiylari BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Folker Turkka Qamoqdagi qiynoqlar va shafqatsiz munosabatga qonunda ham, amalda ham umuman yo‘l qo‘ymaslik, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish ustida ish olib borayotganiga kafolat berdi. Bu haqda Folker Turkning o‘zi kecha, 15 mart kuni BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston qiynoq holatlarini aniqlash va oldini olishning asosiy mexanizmi – Qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish ustida ish olib borayotgani haqida mening idoramga kafolatlar berdi. Bu tez amalga oshirilishiga ishonaman. Bunda albatta, gapdan ko‘ra, amal muhim. Kengroq qilib aytganda, huquqni muhofaza qilish va odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq davom etayotgan islohotlar jarayonida inson huquqlari nuqtai nazarini kuchaytirish zarur”, deydi Folker.

Shuningdek, u faol fuqarolik jamiyatlarini inson huquqlari “g‘ildiragi”ning o‘qi, deb atadi.

“Nodavlat tashkilotlar aralashuvlardan xoli muhitda erkin faoliyat yuritishi juda muhim. Xuddi shunday, turli xil qarashlarni rag‘batlantirish va fuqarolik jamiyatini kengaytirish uchun plyuralistik muhit zarurdir”, deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi u.

Erkin ommaviy axborot vositalari masalasiga to‘xtalar ekan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissari, bunda ochiq raqamli makon barchaga mamlakat taraqqiyoti va o‘sishida to‘liq ishtirok etishi uchun qulay muhit yaratishi mumkinligini urg‘uladi. Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini, shuningdek, so‘z erkinligini himoya qilish bo‘yicha keyingi harakatlar ham, uning fikricha, shu choralar sirasiga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT qamoqxona qiynoq Fol'ker Turk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing