O‘zbekiston BMTda nega Rossiyaga qarshi ovoz bermadi?
Jamiyat
−
08 aprel 2022
20627Avvalroq BMT Bosh Assambleyasida Rossiyani BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Hujjatni 93 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 24 davlat qarshi ovoz bergan, 58 davlat betaraf qolgandi. Shu jumladan, O‘zbekiston ham rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar qatorida bo‘ldi.
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov Bosh Assambleyaning ushbu yig‘ilishida rasmiy Toshkent nima uchun rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganini tushuntirgan.
“Janob prezident, O‘zbekiston bu yerda Ukrainadagi vaziyatni ikki tomonlama muvozanatlashtirish tarafdori va ishonamizki, tomonlar xalqaro huquqning normalarini tan olgan holda muammoni tinch yo‘l bilan siyosiy va diplomatik vositalar orqali hal etish uchun ikki tomonlama kelishuv yo‘lini topadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Xalqaro inson huquqlari kengashidagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Qat’iy ishonchimizga muvofiq, ayta olamizki, inson huquqlarining tizimli buzilishi sababi bilan Bosh Assembleya ishtirokchilarining uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullangan “Kengashga a’zolik huquqi yoki kengash a’zosi vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risida”gi Bosh assambleyaning 60/251-sonli resolyutsiyasining 8-bandiga muvofiq, har qanday chora tasdiqlash komissiyasi tekshiruvi yakuniy xulosalariga asosan amalga oshirilishi kerak”, degan Baxtiyor Ibrohimov.
CNN telekanali esa Kengashdagi ko‘plab manbalarga tayanib, Rossiya AQSHning Rossiyani BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqarish tashabbusi bo‘yicha ovoz berishdan oldin a’zo davlatlarga “oqibatlar” bilan tahdid qiluvchi nota yuborgani haqida xabar berdi.
CNN telekanaliga taqdim etilgan eslatmaga ko‘ra, Rossiya yuborgan notada shunday deyilgan:
“Ta’kidlash joizki, nafaqat bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, balki ovoz berishda teng masofadagi pozitsiya (betaraf yoki ishtirok etmaslik) ham nodo‘stona ishora sifatida qabul qilinadi”.
Ma’lumot uchun, rezolyutsiyaga O‘zbekiton tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Xitoy va boshqa qator davlatlar qarshi ovoz bergan.
LiveBarchasi