O‘zbekiston BMT reytingida 69-o‘rindan 30-o‘ringa “sakramoqchi”

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, taqdimot davlat rahbari mamlakatda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilayotgani, yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, BMTning elektron hukumat reytingida 69-o‘rindan top-30 talikka kirish vazifasi qo‘yilgan.

Ma’lumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeks hisoblanadi. Uning ahamiyatli jihati aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Taqdimot davomida reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ta’kidlangan. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024 yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash nazarda tutilgani aytib o‘tilgan. 

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy ta’minlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etilayotgani ta’kidlangan. 

Shuningdek, davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident BMT elektron hukumat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing