O‘zbekiston bilan savdo aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi– Medvedev

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev yaqin vaqtlarda O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo hajmi 10 mlrd dollarga yetkazilishiga ishonyapti. Bu haqda u hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyasining birinchi majlisi ochilishida aytib o‘tdi.

“Aytib o‘tganimdek, savdo aylanmasi 20-25 foizga oshdi va 4,5 mlrd dollarga yetdi”, deb ta’kidladi Medvedev.

Medvedevning aytishicha, bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

“Ijobiy o‘sish bu yil ham saqlanb qoladi – tovar ayirboshlash 10 foizga o‘sdi, shu bois savdo aylanmasini 10 mlrd dollarlik ko‘rsatkichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan”, dedi RF Bosh vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing