O‘zbekiston avgustda rekord darajada oltin sotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2020
10696Avgust oyida Markaziy banklar sotib olganidan ko‘ra, ko‘proq oltin sotgan. Bu haqda Butunjahon oltin kengashi (WGC) ma’lum qildi. Kengash ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oyda O‘zbekiston 31,7 tonna oltin sotgan.
Shu tariqa Markaziy banklarning 1,5 yillik oltin g‘amlash sikli nihoyasiga yetdi va bu o‘z navbatida oltin narxi o‘sish tezligining pasayishiga olib keldi.
Oltin narxi 2019 yil boshida 1500 dollardan sal oshib, avgust oyi boshida rekord darajada – 2072,50 dollargacha ko‘tarildi va keyinchalik 1900 dollarga tushdi.
Yevropa va Shimoliy Amerika investorlari oltin inqiroz davrida ishonchli zaxira ekaniga ishonib, uni sotib olishga kirishdi. Bu esa ushbu metall narxining ko‘tarilishiga olib keldi.
WGC ma’lumotiga ko‘ra, umumiy qiymati 2 trln dollarga teng bo‘lgan 35 ming tonna oltinga egalik qiluvchi Markaziy banklar avgust oyida sotib olganidan 12,3 tonna ko‘proq oltin sotgan.
Xususan, O‘zbekiston avgustda 31,7 tonna oltin sotgan va Hindiston, Qirg‘iziston, Turkiyaning kichik xaridlarini qoplagan.
Markaziy banklar 2018 yilda 656 tonna oltin sotib olgan, bu so‘nggi yarim asrdagi eng ko‘p xarid bo‘lgan. MBlar 2019 yilda esa 650 tonna oltin sotib olgan.
Avvalroq, O‘zbekiston joriy yilning o‘tgan 8 oyida 5,8 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan oltin sotgani haqida ma’lumot berilgandi. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizini tashkil etgan.
LiveBarchasi