O‘zbekiston Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Sport
−
25 yanvar 2021 6431 1 daqiqa
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy veb-saytida xabar qilingan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 28 yanvardan 4 fevralga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilar yig‘in davomida Argentina vakillariga qarshi ikkita uchrashuvda maydonga tushadi. Ushbu bahslar 2 va 3 fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Futzalchilarimiz Toshkentda jahon chempionlariga qarshi maydonga tushadi@afa pic.twitter.com/HR9Nvy4j7I
— O‘zbekiston FA (@UzbekistanFA) January 22, 2021
Xabarga ko‘ra, amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina futzal terma jamoasi 30 yanvar kuni Toshkentga yetib keladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025