O‘zbekiston Afg‘onistonning ikki rahbari o‘rtasidagi kelishuvga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
18 may 2020
6589O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda bugun, 18 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Umid qilamizki, ushbu muhim qarorlar qo‘shni Afg‘onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi“, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, o‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etishi ta’kidlangan.
Avvalroq, Afg‘onistonning ikki Prezidenti kelishib olgani haqida xabar bergan edik. Ushbu shartnomaga binoan kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan Abdulrashid Do‘stum marshal unvonini oldi.
LiveBarchasi