O‘zbekiston halokatli zilzila yuz bergan afg‘on xalqiga yordam taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan Afg‘onistonga yordam berish niyatida. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

“Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.

Halok bo‘lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi va bu O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezilgandi. 

Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa qurbonlar soni 1000 nafardan ortib ketdi, jarohatlanganlar esa 610 kishiga yetdi.

Mamlakatni boshqarayotgan "Tolibon" harakati rahbari Haybatulloh Oxundzoda Xost va Paktika viloyatlarida yuz bergan zilzila munosabati bilan xalqaro tuzilmalardan yordam so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing