O‘zbekistonda tuman tufayli parvozlar kechiktirildi 

Jamiyat

image

Bugun, 7 dekabr kuni ertalab Urganch va Andijon aeroportlarida yomon ob-havo natijasida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani munosabati bilan samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadilar. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY053 qatnovi Toshkent aeroportida Urganchga parvozini kutmoqda. Jadvalga ko‘ra, bort soat 08:20 da Urganchga qo‘nib, so‘ngra HY 279 qatnovi bilan Istanbulga yo‘l olishi kerak edi. 

“Biroq Urganch aeroportida hamon tuman saqlanib turibdi. Ko‘rish imkoniyati 200 metrdan 400 metrgacha yaxshilandi. Uchish uchun maqbul ko‘rish imkoniyati kamida 800 metrni tashkil qiladi”, deyiladi xabarda.

Tuman Toshkentdan Andijonga bajariladigan HY 091 qatnovning ham kechiktirilishiga sabab bo‘lgan. Samolyot 08:30 da parvoz qilishi kerak bo‘lgan, biroq qabul qiluvchi aeroportdagi tuman tufayli u hamon Toshkentda ob-havo yaxshilanishini kutmoqda.

Avvalroq quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva shahridan SU-1976 qatnovini bajarayotgan samolyot sahnidagi 131 yo‘lovchisi bilan soat 06:40da Urganchga qo‘na olmagan va Nukusdagi zaxira aerodromiga yuborilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tuman

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing