O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27 foizga pasaytirmoqda
Jamiyat
−
05 aprel 2021
9143Joriy yilning 15 aprel sanasidan “Uzbekistan Airports” AJ havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 foizga pasaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.
Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviatsiya ma’lumotnomalarida e’lon qilingan, bu bilan IKAO’ga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratilgan.
“Qabul qilingan qaror O‘zbekiston aeroportlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, turizmni rivojlantirish va ishlar samaradorligini rag‘batlantirish, aholi uchun havo transportidagi tashishlarni yanada arzon qilish uchun zamin yaratadi”, deydi “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Eslatib o‘tamiz, Ra’no Frunzeyevna Jo‘rayeva fevral oyida “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U uzoq yillar davomida Rossiyada fuqaro aviatsiyasi sohasida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi