O‘zbekiston aholisining qancha mashinasi borligi ochiqlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2025 20066 1 daqiqa
Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 612,7 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 foiz) tashkil etadi. 2024 yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 441,5 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- yengil avtomobillar – 4 mln 289 ming dona;
- yuk avtomobillari – 302,6 ming dona;
- mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
- maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;
- avtobuslar – 6,1 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025