O‘zbekiston aholisi 9 oyda qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston aholisi soni oxirgi 9 oy davomida 477,5 ming kishiga yoki 1,4 foizga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Respublikaning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 34 382,7 ming kishini tashkil etyapti.

Jumladan, shahar aholisi soni 17 401,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16 980,8 ming kishi (49,4 foiz)ni tashkil etdi.

Jami aholining 50,3 foizini erkaklar va 49,7 foizini ayollar tashkil qilyapti.

Avvalroq, Navoiy viloyati aholisi soni 1 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik. Endilikda O‘zbekistonda doimiy aholisi 1 milliondan kam bo‘lgan birgina viloyat qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi

Baholaganlar

316

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing