O‘zbekiston aholisi 4 oyda qanchaga o‘sgani aytildi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
4933O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boshidan 136,7 ming kishiga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.
Doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 foizga teng.
Mamlakat aholisi yil boshidan har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘paygan.
2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.
Avvalroq, O‘zbekiston aholisning 17,4 mln nafarni erkaklar qolganini ayollar tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.