O‘zbekiston 8 oyda qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
11221O‘zbekiston 2020 yilning o‘tgan 8 oyida qiymati 5,8 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan oltin sotdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga 147,2 foizni tashkil etib, 1,8 mlrd. AQSH dollariga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizini tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSH dollariga kamaygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd. AQSH dollari, import hamji 12,9 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
Avvalroq, O‘zbekiston iyul oyida oltin eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi