O‘zbekiston 46,8 mln dollarlik uzum eksport qildi

Jamiyat

image

Bu yil O‘zbekiston 13 ta davlatga 51 ming tonnadan ko‘proq uzum eksport qildi. Chet davlatlarga asosan Farg‘ona, Toshkent, Xorazm va Namangan viloyatlarida yetishtirilgan uzum mahsulotlari yuborildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayt etilishicha, mamlakatda joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qiymati 46,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko‘p.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport qilingan uzum mahsulotining asosiy ulushi Farg‘ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston bog‘larida yetishtirilgan uzum mahsulotining asosiy 22,8 ming tonnasi Qozog‘istonga yuborilgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirg‘izistonga 7,1 ming tonna uzum eksport qilingan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eksport

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing