O‘zbekiston 24 yildan so‘ng yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
22 Sentabr 2025 5939 1 daqiqa
O‘zbekistonlik sportchi Aytjan Xalmaxanov yunon-rum kurashi bo‘yicha Xorvatiyada o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu natija so‘nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashi bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali sanaladi. Terma jamoa Zegreb shahridagi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini jamg‘argan.
Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi).
Kumush medal:
-60 kg: Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi).
Bronza medal:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash);
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash);
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi).
Ma’lumot uchun, yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik atlet Dilshod Oripov sanaladi. Gretsiyada 2001 yilda o‘tgan jahon chempionati finalida u -58 kg vazn toifasida armanistonlik Karen Mnatsakanyanni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi