O‘zbekiston 226,14 mln dollarni nimaga sarflaydi?

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSH dollar sarflashi rejalashtirilyapti. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 5 yillik imtiyozli davr, yillik 0,5 foiz qo‘shilgan olti oylik LIBOR va o‘zlashtirilmagan qarz summasining 0,15 foizi miqdorida majburiyat uchun komissiya bilan 25 yilga 170 mln AQSH dollari ajratdi.

O‘zbekistonning hissasi – 56,14 mln AQSH dollari ekvivalenti – o‘z ichiga soliq va bojxona imtiyozlarini (45,06 mln dollar) taqdim etish va ijro etuvchi mas’ul organ – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘larini (11,08 mln dollar) oladi.

Avvalroq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Xitoydan 24 ta elektrovoz sotib olishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari lokomotiv

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing