O‘zbekiston 2021 yilda neft qazib olishni ko‘paytirdi
Jamiyat
−
19 yanvar 2022 4521 1 daqiqa
O‘zbekiston 2021 yilda neft xomashyosi qazib olishni qariyb 3 foizga ko‘paytirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatimizda jami 774 ming tonna neft xomashyosi qazib olingan.
Qayd etilishicha, neft xomashyosining qazib olish hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 2,9 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning dastlabki 11 oyida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr