O‘zbekiston 13 mln dollarlik kompensatsiya masalasida AQSHga yuzlandi
Olam
−
13 avgust 2019
7434AQSHning Kolumbiya okrugi federal sudi O‘zbekiston Hukumatining investitsiyaviy nizo bo‘yicha arbitraj sudining Oxus Gold PLC kompaniyasi foydasiga chiqarilgan qarori ijrosini bekor qilish yuzasidan rasmiy murojaatini qisman qanoatlantirdi. Sud materiallariga ko‘ra, amerika sudining kompetentligi masalasi alohida eshituvda ko‘rib chiqiladi.
Oxus Gold PLC 2011 yilda O‘zbekistonni ogohlantirib, Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudida ish ochgandi. Kompaniya mamlakatga kiritgan investitsiyalarini yo‘qotganini, zarari 1,2 mlrd dollar ekanini aytgan.
Arbitraj 2015 yilning dekabr oyi o‘rtalarida Oxus Gold PLC foydasiga qaror chiqarib, 13 million kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklagandi. Kompaniya Parij Apellyatsiya sudiga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Oxus Gold PLC bilan kelishuvga ko‘ra, arbitraj qarori bilan birdek to‘lovni talab qilish huquqi bo‘lgan Gretton Ltd. kompaniyasi Parij Apellyatsiya sudi qarorini kutmasdan XSP huzuridagi XAS qarorini tan olish va ijro etishni talab qilib Kolumbiya okrugi federal sudiga murojaat qildi.
Amerika sudi tomonlarning faktlarini ko‘rib chiqib, 1958 yildagi Nyu-York konvensiyasining shartlariga, shuningdek, AQSH qonunchiligi va vakolatli sudlarning qarorlariga tayanib, arbitraj qarorini tan olishni kechiktirish bo‘yicha qaror chiqardi.
O‘zbekiston Hukumati Kolumbiya okrug sudida arbitrajning qarorini tan olish va ijro etishga ruxsat berish vakolati yo‘qligini ta’kidlagach, Parij apellyatsiya sudi Oxus Gold PLC sudining shikoyatini rad qildi.
O‘zbekiston Gretton Ltd. kompaniyasini tegishli tartibni buzishda, kerakli hujjatlarni sudga taqdim etmaslikda aybladi. Kolumbiya okrug sudi ushbu faktlarni qisman tan oldi.
Sud masalani o‘rganib chiqib, o‘z kompetentligi bo‘yicha maxsus eshituv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
LiveBarchasi