O‘zbekiston Hukumati raisi va a’zolari qaysi OTMlarni tamomlagan?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati rahbariyati va a’zolarining qaysi oliy ta’lim muassasida tahsil olgani ko‘pchilik uchun qiziq. “Yuksalish” umummilliy harakati Hukumat a’zolari qaysi OTMlarni tamomlagani bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazirning 5 nafar o‘rinbosaridan 4 nafari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Shu bilan birga, ularning 3 nafari xorijiy OTMlarda ta’lim olgan. Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Reding universiteti (Buyuk Britaniya)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitotsubasi universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan.

Hukumat a’zolari tamomlagan oliy ta’lim muassasalariga qarasak, 8 nafar vazir (Ibrohim Abdurahmonov, Ruslanbek Davletov, Timur Ishmetov, Jamshid Qo‘chqorov, Alisher Sultonov, Sardor Umurzoqov, Jamshid Xo‘jayev va Sherzod Shermatov)ning “bisoti”da xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomlari ham borligini ko‘ramiz. 10 nafar vazir 2 tadan OTMlarni tamomlagan, Moliya vaziri Timur Ishmetov esa 3 ta — Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti va Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)da ta’lim olgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Hukumat

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing