O‘zbekiston hududlarida “agrovoltaika” usulida pilot loyihalari boshlanadi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududlarida “agrovoltaika” usulida pilot loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tayotgan qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda 10 gigavattli agrovoltaika salohiyati mavjud. Mirziyoyev yig‘ilishda mutasaddilarga 6 ta tumanda “agrovoltaika” usulida pilot loyihalarni boshlash bo‘yicha topshiriq bergan. Umuman, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda energiya sarfi yuqori bo‘lgan sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Qayd qilinishicha, elektr iste’moli yuqori bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida “yashil energiya” quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarur. Bu borada qishloq xo‘jaligi yerlarida quyosh panellarini o‘rnatish, ya’ni “agrovoltaika” bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda. 

Shuningdek, yirik quyosh va shamol stansiyalarini qurish, ularni tarmoqqa ulash, remont-servis xizmatini ko‘rsatish hisobiga mahalliy korxonalar uchun katta bozor vujudga kelmoqda. Hozirgi kunda 30 dan ziyod yirik va o‘rta mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 100 dan ortiq servis korxonalari mavjud.

Davlat rahbari bu quvvatlar hali yetarli emasligini ta’kidlab, quyosh panellari, akkumulyator, invertor, suv isitkich, mis kabel va transformator ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish muhimligini qayd etgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston agrovoltaika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing