O‘zbekiston hisobiga ilk oltin medal yozildi

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Italiyaning Neapol shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon talabalari Universiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 12 iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchun omadli yakunlandi. Shu kuni uzoq kutilgan birinchi oltin medal terma jamoa hisobiga yozib qo‘yildi.

Universiadaning tennis bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarida juftlikda bahslarga kirishgan O‘zbekistonning ikki vakili Sanjar Fayziyev va Humoyun Sultonov oltin medal uchun kurashda janubiy koreyalik raqiblarini mag‘lub etdi.

O‘zbekistonliklar birinchi setda 7:6 hisobida ustun kelgan bo‘lsalar, ikkinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ikki set natijasiga ko‘ra tenglik yuzaga kelgach, g‘oliblarni aniqlash uchun taybreklarga murojaat qilindi. Tennis lotareyasida Sanjar va Humoyun juftligi 10:5 hisobida raqibidan ustun keldi va musobaqaning oltin medallariga egalik qilishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari shu paytgacha 4 bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Universiada Neapol' Oltin medal'

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing