“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti manziliga yetmasdan favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2019
6151Kecha, 15 oktyabrda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Farg‘onadan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyoti Samaraning “Kurumoch” aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot aeroportga mahalliy vaqt bilan soat 19:55da (Toshkent vaqti bilan soat 20:55) qo‘ngan.
“Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, aeroportda samolyotni tez yordam mashinasi kutib turgan. Shifokorlar voqea joyida yo‘lovchiga zarur yordamni ko‘rsatgach, u shahardagi shifoxonalardan biriga olib ketilgan.
Shundan keyin samolyot UZB627 reysi belgilangan manzilga parvozini davom ettirgan.
LiveBarchasi