“Uzbekistan airways” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan hunarmandlarga yo‘l chiptalari uchun imtiyozlar beriladi
Jamiyat
−
30 noyabr 2019
4722Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 28 noyabr kuni “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Hujjatga asosan, “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yo‘l chiptalariga imtiyozlar qo‘llash tavsiya etiladi.
Bunda xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlanadi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi