Uzbekistan Airways to‘rtta samolyotini sotuvga qo‘ydi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways narxi 12 mln dollardan 22 mln dollargacha bo‘lgan to‘rtta Boeing rusumidagi samolyotni sotuvga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Sotuvga qo‘yilgan samolyotlar:

Boeing 757−200 UK-75701 (1999 yil) —  12 mln 30 ming.

Boeing 757−200 UK-75702 (1999) — 12 mln 408 ming.

Boeing 767- 3 CBER UK-67007 (2003) — 21 mln 414 ming.

Boeing 767−3 CBER UK-67008 (2004) — 22 mln 362 ming.

Ma’lumot uchun, shu yil mart oyida Uzbekistan Airways yana bitta Dreamliner sotib olishni rejalashtirgan. Buning uchun 141,7 mln dollar investitsiya yo‘naltirish nazarda tutilgan. Boeing kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu rusumdagi samolyot qiymati 248,3 mln dollarga teng.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Uzbekistan Airways

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing