“Uzbekistan Airways” Samarqanddan amalga oshiriladigan pavrozlarini 9 kunga bekor qildi

Jamiyat 5718
image
-

“Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning 12 – 20 sentyabr kunlariga rejalashtirilgan Samarqand shahri orqali amalga oshiriladigan reyslarini bekor qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kunlarda Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga quyidagilar reyslar bekor qilinadi:

•    HY041/042, HY043/044 – Toshkent – Samarqand – Toshkent,
•    HY275\276 Samarqand – Istanbul – Samarqand,
•    HY605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand,
•    HY767\768 Samarqand – Olma-ota – Samarqand,
•    HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand,
•    HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva.

“Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 211
Reyting: 3.1
t
×