Uzbekistan Airways Rossiyaning 3 ta shaharida charter reyslarga chiptalarni erkin sotuvga chiqardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Dondan Toshkentga uchadigan reyslarga chipta xarid qilish imkoni bor.

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga parvoz qilish faqat O‘zbekiston fuqarolariga, PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) taqdim etilgan holda ruxsat beriladi. PZR ma’lumotnomasi bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo‘yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, kompaniya mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

612

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing