Uzbekistan Airways qayta tiklangan reys vaqtlarini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston bo‘ylab samolyot va poyezdda harakatlanish qayta tiklanishi haqida xabar bergan edi. Bugun, 15 may kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qayta tiklangan ba’zi reyslarning vaqtlarini e’lon qildi.

“O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mahalliy aviayo‘nalishlarda qatnovlarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yishni boshlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz“ deyiladi kompaniya xabarida.

Shunday qilib, joriy yilning 18 may kunidan boshlab aviakompaniya Nukus, Urganch va Termiz shaharlariga quyidagi parvozlar jadvali bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi:

Toshkent-Urganch-Toshkent (dushanba, payshanba kunlari)

– Toshkentdan uchish: 09-00 Urganchga kelish: 10-30

– Urganchdan uchish: 13-30 Toshkentga kelish: 14-50

Toshkent-Nukus-Toshkent (seshanba, juma kunlari)

– Toshkentdan uchish: 09-00 Nukusga kelish: 10-40

– Nukusdan uchish: 13-40 Toshkentga kelish: 15-00

Toshkent-Termiz-Toshkent (chorshanba, shanba kunlari)

– Toshkentdan uchish: 09-00 Termizga kelish: 10-20

– Termizdan uchish: 13-20 Toshkentga kelish: 14-30

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni tashkillashtirish tartibiga muvofiq, qatnovlarga Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan COVID-19 infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi “manfiy” ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga ega yo‘lovchilar qo‘yiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tishda va havo kemasi sahnida karantin choralariga rioya qilish, 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va qo‘lqop kiyish shart.

Samolyot sahnida yo‘lovchilar qat’iyan o‘tirish talonlari bo‘yicha joylashtiriladi, sahnda zaruriyatsiz yurish qat’iyan taqiqlanadi. Chiptalarni onlayn tarzda yoki aeroport va Uzbekistan Airways Sales aviakassalaridan barcha karantin qoidalariga rioya etgan holda sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 may kuni samolyot va poyezdda harakatlanish vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Parvozlar

Baholaganlar

369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing