“Uzbekistan Airways” Isroilga uchadigan bitta reysni bekor qildi
Jamiyat
−
15 aprel
4704“Uzbekistan Airways” faqat bugun, 15 aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qiladi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur reysning bekor qilinishi Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati haqidagi qarori bilan bog‘liq.
“Faqat 2024 yil 15 aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Eron kecha, 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga yuzdan ortiq uchuvchisiz dron va o‘nlab raketalarni uchirgandi. Isroil armiyasi raketa va dronlarning aksariyati urib tushirilganini aytgan bir paytda, Tehron ular Isroil nishonlarini "muvaffaqiyatli yo‘q qilganliklarini" bildirdi. Eron hujumi ortidan BMT Xavfsizlik Kengashi va G7 mamlakatlari yetakchilari vaziyatni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi.