“Uzbekistan Airways” “Domodedovo” aeroportiga parvozlarni tiklamoqda
Jamiyat
−
24 may 2021 5893 1 daqiqa
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Rossiya poytaxti Moskvaning “Domodedovo” aeroporti bilan parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Reyslarni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorda o‘zaro qatnovlar 2021 yil 15 iyundan boshlanishi, parvoz davomida yo‘lovchilarga qulayliklar yaratilishi aytilgan.
“Bizning hamkorligimiz yo‘lovchilarga vaqt va parvoz xarajatlarini sezilarli darajada tejash uchun imkon beradi”, - deydi “Uzbekistan Airways”ning Rossiya Federatsiyasidagi mintaqaviy vakili Akmal Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida “Uzbekistan Airways”ning Moskvaga amalga oshiradigan parvozlari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo”ga ko‘chirigandi. O‘shanda bu qaror iqtisodiy manfaatdorlik bilan izohlangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust