Uzbekistan Airways Dehliga charter reys amalga oshiradi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways AJ ertaga, 12 sentyabrda Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, charter reysi quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirilgan (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Toshkent – Dehli 
Toshkentdan ketish vaqti - 17:00, Dehliga qo‘nish vaqti -20:30;

Dehli-Toshkent
Dehlidan ketish vaqti - 22:30, Toshkentga qo‘nish vaqti - 00:40 +1.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslik so‘ralgan.

Avvalroq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish uchun tasdiqlangan charter reyslari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways charter reys

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing