Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2023
13685Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasi zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, samolyot bortida bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi janjal ko‘targan. Shu sababli Boeing 787 havo kemasi uchuvchisi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida kompaniyaga radioaloqa orqali xabar berilgan. Janjal ko‘targan fuqaro esa politsiya xodimlari tomonidan samolyotdan tushirilgan.
Bildirilishicha, muammo hal qilingandan so‘ng, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettirdi. HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi mahalliy vaqt bilan 13:00 ga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Azimut” aviakompaniyasining Moskva – Farg‘ona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l olgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr