Qimmatbaho xarid. Uzbekistan Airways yana bitta Boeing 787−8 Dreamliner sotib oladi

Jamiyat

image

Joriy yilning mart oyida Uzbekistan Airways kompaniyasi yana bir Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini sotib oladi. Bu 2020-2022 yillar uchun mo‘ljallangan investitsiya dasturida tasdiqlab o‘tilgan. Xabarga ko‘ra, samolyot sotib olishga 141,7 million dollar sarmoya sarflanadi.

Boeing taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, samolyot narxi 248,3 million dollar turadi.

Boeing kompaniyasi 2020 yilga kelib Uzbekistan Airways’da mavjud ikkita Boeing 787 Dreamliner samolyotiga qo‘shimcha ravishda to‘rtta xuddi shunday samolyot yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ilk Boeing 787 Dreamliner samolyotini 2016 yilning yoz oyida xarid qilgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Uzbekistan Airways Boeing 787−8 Dreamliner

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing