“Uzbekistan Airways“ AJda bir qator tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 58 va 59-moddalariga asosan “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari tayinlangan.

Unga ko‘ra, Alisher Abduvahobovich Sattorov uch yil muddatga “Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Shuhrat Xudoyqulovning transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. Yana shuncha muddatga Shaxzod Ilyosovich Ikromov raisning parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari hamda Shuhratillo Shavkatovich Yodgorov tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. 

Shuningdek, mazkur qaror ijrosini ta’minlash Strategik islohotlar agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ra’no Frunzeyevna Jo‘rayeva “Uzbekistan Airports” rahbarligidan ketgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, yig‘ilishda Jo‘rayevaning o‘rniga “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib Javlonbek Oybekovich Umarxo‘jayev tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Uzbekistan Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made