“O‘zbekfilm” yaqinida yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
15 iyul 5337 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ochiq maydonda quruq o‘t hamda eski avtomobil shinalari yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 iyul kuni soat 14:17 da tumanning Chilonzor ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t, eski avtomobil shinalari yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:25 da yetib borib, yong‘in 14:52 da qurshab olingan va 15:06 da yong‘in o‘chirilgan.
Bildirilishicha, vaziyat to‘liq Toshkent shahar FVB tomonidan nazoratga olingan, jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi