O‘zbek-turkman chegarasini belgilash bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19-25 iyun kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha ikki mamlakat Hukumatlariaro qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Muzokaralar davomida davlatlararo chegarada demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi.

Muloqot davomida chegarada Aerofototasvir ishlarini amalga oshirish talablari loyihasi ishlab chiqildi. 

Muzokaralar natijalariga ko‘ra davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlarini o‘tkazish,  jumladan bu jarayonni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Qayd etilishicha, uchrashuv an’anaviy do‘stlik ruhida o‘tgan. 

Muzokalar yakunlarida ishchi guruhlar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov uchrashuv Bayonnomasini imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

14

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing