O‘zbek-turkman chegarasidan noma’lum yuklar o‘tkazilyapti

Olam

truck_portr_5651

To‘rtta katta yuk avtomobili “Forob” (O‘zbekistonning “Olot”) chegara punkti orqali Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida doimiy qatnamoqda, deb xabar berdi “Xroniki Turkmenistana” (XT).

Ularning hujjatlariga “Tekshirish taqiqlanadi” deb yozilgan va Prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning opasi Gulnabat Dovletova tomonidan imzolangan. Imzo u rahbarlik qiladigan Turkmanistonning Qizil Yarimoy jamiyati muhri bilan tasdiqlangan. Qayd etilishicha, bu tashkilotda katta yuk avtomobillari yo‘q.

Transport vositalarining O‘zbekistonga nima olib kirayotgani va u yerdan nima olib kelayotgani turkmanistonlik bojxonachilarga, ularning Milliy Xavfsizlik Vazirligidagi (MXV) kuratoriga ma’lum emas. Qaytishda MXV ofitserining ko‘rsatmasi bilan politsiya yo‘l xizmati yuk mashinalarni Lebop va Axal viloyatining ma’muriy chegarasigacha hamrohlik qiladi.

“Forob” chegara punktidagi bojxona xodimi so‘zlariga ko‘ra, MXV kuratori har qanday transport vositasini tekshirishga haqli. Ammo bu to‘rtta yuk avtomobili yoniga bormaydi hamda chegarachi va bojxonachilardan ham hech kimni yo‘latmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Dosho‘g‘iz” (O‘zbekistonda “Shovot”) chegara punkti orqali ham Turkmanistonning Axal va Bolqonobod viloyati raqamlari ostida bir qancha katta yuk avtomobillarining qo‘shni davlatga qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ular xususiy, shu jumladan xorijiy firmalarga tegishli bo‘lgan Yaponiyaning Komatsu kompaniyasi qurilish texnikasini, shuningdek sement va boshqa qurilish materiallarini O‘zbekistonga olib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing