O‘zbek tadbirkori koronavirusga qarshi vaksina qachon ishlab chiqilishini taxmin qildi
Intervyu
−
16 aprel 2020
18087“Korzinka.uz” supermarketlari asoschisi Zafar Mfaktor.uz loyihasiga bergan onlayn-intervyusida dunyo miqyosida ko‘pchilik ushbu xastalikka chalinishi mumkinligi, vaksina ishlab chiqilishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Hoshimovga ko‘ra, vaksina ishlab chiqilmaguncha xavf yiroq bo‘lmaydi.
“Bu albatta bosqichma-bosqich bo‘ladi. Koronavirus ustidan keyingi xafta yoki keyingi oyda uzil-kesil yutib chiqa olmaymiz. O‘zimizda buni bartaraf qilsak ham, qo‘ni-qo‘shnilar bor. Aytaylik, O‘zbekistonda qolmadi, lekin ertaga yana boshqa mintaqadan chiqsa, o‘sha ahvol takrorlanadi. Qachon uzil-kesil hal bo‘ladi? Qachonki, vaksina chiqib emlanganimizdan keyin hal bo‘ldi, deya olamiz. So‘ng, bu virus qo‘rqinchli bo‘lmay qoladi. O‘tmishda odamzod juda ko‘p epidemiyalarni shu yo‘sinda yo‘q qilib kelgan. O‘sha kasalliklar ham og‘ir kasalliklar bo‘lgan, lekin vaksinasi chiqqanidan so‘ng bu kasalliklar xavfsiz bo‘lib qolgan.
Men o‘ylaymanki, bu ichki va tashqi sharoitimizda ham bosqichma-bosqich bo‘ladi. Bu kasallik tarqalish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Hozir 20 aprelda ochib yuborish meni fikrimcha noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki 14-15 aprel kunlarida ham yangi kasallikka chalinganlar chiqib kelmoqda-ku”, deydi u.
Tadbirkor shuningdek vaksina qachon ishlab chiqilishi bo‘yicha o‘zining mulohazalarini bildirdi.
“Vaksina qachon ishlab chiqilishi haqida aytadigan bo‘lsak, men farmatsevt yoki virusolog emasman. Ko‘proq xulosalarni o‘z bilganim qadar aytsam, balki 6 oy, 9 oy yoki 12 oyda chiqar. Lekin o‘zim uchun intellektual deb bilganim Bill Geyts bu doirada ancha bilimga ega. 2015 yilda qandaydir pandemiya bo‘lishini bashorat qilgan. Yaqinda intervyu berganda, vaksinaning yaratilishi uchun 12 yoki 18 oy ketishi aytiladi. Bu mening xulosalarim emas. Lekin bir narsani qaytaraman, vaksina topilmaguncha yoki shu kasallikni o‘z boshimizdan o‘tkazmaguncha “bo‘ldi boshqa bo‘lmayman” deya olmaymiz. Men hammamiz boshimizdan o‘tkazishimizni xohlamasdim. Vaksina tezroq ishlab chiqilishini xohlardim”, deydi Zafar Hoshimov.
LiveBarchasi