O‘zbek so‘mini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar jazolandi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida xorijlik ishchilar O‘zbekistonning milliy valyutasi hisoblanuvchi so‘mni yoqib, tamaki tutatgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilikning keskin muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu harakatni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ular bilan tushuntirishlar olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksining 184-3-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudiga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, aybdor shaxslarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari (41 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarima jazosi tayinlangan.

“Assalomu alaykum. 23 dekabr sanasida O‘zbekiston valyutasini olib yoqdik. Men bu qilgan ishimni noto‘g‘riligini anglab yetdim. Butun O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushayman”, deydi ishchilardan biri.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan ish beruvchi tomonidan mazkur shaxslar bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

xorijliklar O'zbek so'mi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing