O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image

Kecha, 24 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Renaissance hall”da O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan “Milliy sport mukofoti-2023" taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ortda qolayotgan yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshilar aniqlandi.

2023 yil yakunlari bo‘yicha bokschi Abdumalik Xalokov yilning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilgan bo‘lsa, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova eng yaxshi ayol sportchi deb topildi.

Para yengil atletikachi Asila Mirzayorova eng yaxshi ayol para sportchisi bo‘ldi. Bu borada erkaklar o‘rtasida sovrin para kanoechi Hayitmurod Sherqo‘ziyevga nasib etdi.

Shuningdek, marosimda yilning eng yaxshi murabbiylari, federatsiyalari va boshqa bir qator nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi.

  • Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para yengil atletika);
  • Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Hayitmurod Sherqo‘ziyev (para kanoe);
  • Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);
  • Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);
  • Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Xalokov (boks).
  • Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston boks federatsiyasi;
  • Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;
  • Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi. 
  • Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Shaxina Yigitaliyeva (para yengil atletika);
  • Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Dilshod Yo‘ldoshev (para kanoe);
  • Yilning eng yaxshi para sport klubi: Suv sporti turlari klubi;
  • Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
  • Paralimpiya harakatini qo‘llab quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: “Olmaliq KMK” AJ.
  • Yilning eng faol sport blogeri: Farruh Muhiddinov (“Bugun sport” instablogi asoschisi);
  • Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Abduaziz Qurbonov “Sport” teleradiokanali muxbiri;
  • Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun: “Navoiy KMK” AJ;
  • Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
  • Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun (xususiy sektor): “Befit” jamoasi.
  • Yilning eng yaxshi sport shifokori: Sardor Parpiyev (MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokori);
  • Yilning eng yaxshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;
  • Yilning eng yaxshi sport fotografi: Anvar Ilyasov (“Dunyo” AA fotografi);
  • Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Gulnoza Ahmadaliyeva (Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori);
  • Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
  • Yilning eng faol sport jamiyati: O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sport jamiyati.
  • Yil kashfiyoti: Ziyodaxon Abdusattorova (kamondan otish);
  • Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulistan Perdibayeva (qilichbozlik);
  • Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston Roving va kanoe federatsiyasi;
  • Yilning eng yaxshi hakami: Dmitriy Kim (taekvondo WT).

Maqola muallifi

Teglar

Taxmina Ikromova Abdumalik Xalokov Milliy sport mukofoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing