O‘zbek sportida tarixiy voqea yuz berdi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” bahslari yakunlangach, IJF dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Bakudagi musobaqada O‘zbekiston vakillaridan yagona oltin medalni ayollar o‘rtasida -52 kgda Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritgandi. E’tiborlisi, Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasining yangilangan reytingida o‘z vaznida yetakchilikni qo‘lga oldi. 

Qayd etilishicha, shu paytgacha hech bir o‘zbekistonlik dzyudochi qiz dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagan. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida 90 kgda hamon Davlat Bobonov yetakchilik qilmoqda.

IJF reytingi:
-60 kg: 
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6645 ochko
27. Dilshodbek Baratov – 1580

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 6910 ochko
14. Sardor Nurullayev – 214426. 

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6377 ochko
7. Murodjon Yo‘ldoshev – 278114. 

-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 7625 ochko
5. Sharofiddin Boltaboyev – 3725

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 6134 ochko
2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 494560.

-100 kg:
1. Mixael Korrel (Niderlandiya) – 5107 ochko
10. Muzaffarbek To‘raboyev – 331526. 

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 5180 ochko
7. Alisher Yusupov – 330120. 

Ayollar:
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) – 5750 ochko
2. Amandin Bushar (Fransiya) – 551030.

-70 kg:
1. Sanne van Diyke (Niderlandiya) – 6424 ochko
15. Gulnoza Matniyazova – 2826


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

1246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar