O‘zbek sportida eng yaxshilar aniqlandi
Sport
−
24 dekabr 2022
12836Kecha, 23 dekabr kuni "Milliy sport mukofoti-2022" tadbiri doirasida O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchilari, murabbiylari va o‘zbek sportiga hissa qo‘shgan fidoyilar taqdirlandi.
Yilning eng yaxshi sportchilariga 5000 dollar pul mukofoti taqdim etilgan bo‘lsa, qolgan nominatsiyalarda g‘olib chiqqanlarga 15 million so‘m pul mukofoti berildi.
"Milliy sport mukofoti-2022" mukofoti sohiblari:
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G‘aniyeva (Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni);
Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (Yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ikki karra Osiyo va bir karra jahon chempioni, Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibi);
Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo‘lat Hidoyatov (Sport kurashlari);
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustam Ablyalimov (Velosport);
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (Parasuzish, Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibi);
Yilning eng yaxshi parasport murabbiyi: Bobur Qo‘ziyev (Parataekvondo);
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (Parataekvondo, paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni);
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o‘q otish, jahon chempionati bronza medali sohibi);
Matonat ramzi nominatsiyasi g‘oliblari: Rustam Mehmonov ("Matonat futbol" nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi) va Bahtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar terma jamoasi fahriysi);
Yilning eng yaxshi parasport klubi: Sport kurashlari klubi;
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov;
Eng faol sport targ‘ibotchisi: Timur Nizayev
Eng yaxshi matbuot xizmati: Vitaliy Judro (Yengil atletika);
Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmati uchun: Anvar Avazxo‘jayev;
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og‘ir atletika terma jamoasi;
Eng yaxshi federatsiya: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi;
Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi: O‘zbekiston yilqichilik va ot sport federasiyasi;
Sport soxasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, "O‘zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi);
Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun: Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori);
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Tanzila Narbayeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbari);
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari);
Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya Kengashi;
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo);
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (Taekvondo bo‘yicha jahon chempioni);
Eng yaxshi erkak sportchi: Muzaffarbek To‘raboyev (Dzyudo bo‘yicha jahon chempioni).
LiveBarchasi